Lolazor Podcast

PODCAST · society

Lolazor Podcast

Different views on surrounding realities

  1. 3

    # 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor

    “Lolazor” podkasti davom etadi. Podkastimizning yangi sonida poytaxtdagi bekatlar va peshlavhalar “qirg‘ini”, naqdsiz to‘lovga o‘tish va buning narxlarga ta’siri, maktablar yetishmovchiligi va ularning yo‘llardagi tirbandlikka sababchi bo‘layotgani, o‘zbek futbol klublariga davlat budjetidan ajratilayotgan pullar va Husanov effekti haqida suhbatlashdik. Ha aytgancha, bu sonda maxsus tanlov e’lon qildik, unda ishtirok etib, iPhone AIR yutib olishingiz mumkin.  Taymkod bilan qulayroq:00:00 – Tizer01:59 – Boshladik04:11 – Tanlov: iPhone AIR yutib olishingiz mumkin!05:33 – Tojikistonga nimalar sotyapmiz?13:05 – Tojikistonda o‘zbekistonliklarga munosabat15:56 – Boshqa tillardagi rus propagandasi20:35 – Blogerlarga soliq va reklama markirovkasi26:31 – “Chingizxon armiyasi”: bekatlar va peshlavhalar qirg‘ini30:14 – Elektromobil: rag‘batlantiriladimi yo teskarisi?38:10 – Naqdsiz to‘lovlar50:18 – Krediti borlar uchun Otabek Bakirovdan layfhak52:30 – Maktablar yetishmovchiligi01:08:50 – Afro-o‘zbeklar01:11:24 – 35 mlrd so‘m va soliqlardan ozod futbolchilar01:20:08 – “Biz uchun futbolning bolqon modeli to‘g‘ri keladi”01:26:47 – Biz nima uchun JChga chiqdik?01:29:56 – Xususiy klublar01:34:15 – Husanov effekti01:42:02 – Nega “Shomurodov effekti” bo‘lmadi?01:48:57 – Aqlli svetoforlar va yo‘llardagi o‘zgarishlar02:00:09 – Boysundagi echki qanday osilib qolgandi?02:02:02 – tugatamiz, xayr

  2. 2

    #60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast

    Uzoq tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. 2026-yildagi dastlabki mehmonimiz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bo‘ldi. Biz vazir bilan oxirgi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Bosh reja, renovatsiya, shaharlarning bo‘yiga o‘sishi, noqonuniy qurilishlar, Qurilish vazirligining raqamlashtirish ishlari, qurilish kompaniyalari, yangi uy-joylar va ularning shartnomalari hamda boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik.00:00 – Tizer02:25 – Boshladik07:50 – Qurilishdagi yashirin iqtisodiyot12:10 – Eskrou tizimi 17:04 – Eskrou tizimi narx oshishiga sabab bo‘lmaydimi?21:46 – Eskrou tizimi o‘zi nima?28:47 – Qurilish kompaniyalari shartnomalari37:40 – “Shaffof qurilish” platformasi haqida41:47 – “Hozir sohada korrupsiya 90 foizga qisqargan”45:01 – Quruvchi va vazirlik o‘rtasidagi muammo54:04 – “Shaffof qurilish” platformasida nimalar bor?59:03 – Qavatlar qo‘shilib qolayotgan noqonuniy qurilishlar1:15:10 – Ko‘p qavatli parkovkalar1:21:36 – Rennovatsiya. “Toshkent bo‘yiga o‘sishi kerak” nima degani?1:40:51 – Yangi Toshkent1:46:07 – Bosh reja o‘zgaradimi?1:55:22 – Qurilish va daraxtlar kesilishi1:58:56 – Uy-joy boshqaruv kompaniyalari haqida2:14:20 – Yagona billing tizimi 2:17:39 – Mahalla ichidagi domlar va kottedjlar2:24:03 – Davlat xizmatchilari va manfaatlar to‘qnashuvi2:28:39 – Tenderlar va qurilish kompaniyalari reytingi2:42:57 – Tugatmadik, lekin xayr2:43:23 – Vazirlikning yangi platformalari bilan tanishamiz

  3. 1

    #59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast

    2026-yilning ilk “Lolazor” podkasti efirda! Biz 2025-yilning oxirgi kunlarida suratga olingan podkasti Prezidentning murojaatnomasi haqida bo‘ldi. Video davomida ushbu murojaatda qanday signallar berilgani, yangi yilda bizni qanday o‘zgarishlar kutayotgani va umidlar haqida suhbatlashdik. Mundarija: 00:00 – Tizer02:06 – Biz yana efirdamiz04:55 – Endi o‘z kosmonavtimiz bo‘ladi10:00 – Strategiyaga korrektirovkalar22:50 – Endi tashqi qarzni parlament ko‘rib chiqadi25:49 – Yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashiladi?36:53 – “O‘ziga to‘q odam savol berishni boshlaydi”40:51 – Mahallada demokratik elementlar ko‘proq bo‘lishi kerak45:41 – “OpenBudget”dagi o‘zgarishlar54:59 – Yo‘llar: transport tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?01:06:16 – Kambag‘allikni qisqartirish01:12:40 – Bojlar01:23:44 – “Oligarxiyaga qarshi kurash yili”01:29:07 – Daromadlar deklaratsiyasi01:34:18 – “Ko‘cha”ga berilgan signal01:36:49 – Ta’lim tizimi: “diplom qadri”01:47:45 – Imtiyozli ipoteka tizimi qanday ishlaydi?01:51:28 – Yangi yil muborak!

  4. 0

    #58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining yildagi eng oxirgi sonlaridan birni suratga oldik. Ushbu sonda biz 2025-yilni sarhisob qilib, 2026-yildan umidlarimizni bildirdik. Podkast davomida biz yaponcha “tax free” tizimi, yaponcha byurokratiya va tizim sababli yuzaga keladigan qiziq holatlar, oltin oshishi va uning iqtisodiyotga ta’siri, deyarli unutilgan “Dok-1 Maks” ishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 00:00 – Tizer01:55 – Korporativlar05:09 – Yaponcha tax free tizimi07:46 – Yaponcha byurokratiya va qiziq holatlar14:30 – Shartnomaviy munosabatlar22:07 – “Sudyaga kim aytgan ishdan bo‘sha deb?”31:43 – “Dok-1 Maks ishi”42:42 – Oltin narxi oshsa, farovonroq yashaymizmi?50:51 – Amaldorlarni ishdan bo‘shatish jarayoni haqida58:22 – “Yaldo kechasi”, “Qahr” va arxivlar1:05:45 – 2025-yil sarhisobi1:26:53 – Ko‘mir taqsimoti va pora1:31:45 – Yana sarhisoblarga qaytamiz1:45:16 – AES xavotirlari1:47:48 – 2026-yildan umidlar1:52:20 – Familiya o‘zi nima?2:10:24 – Ko‘rishguncha! 

  5. -1

    #57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor

    Lolazor podkastning navbatdagi sonida 3 kishi yig‘ildik. Biz bu safar Karim Bahriyev bilan suhbat va uning atrofida bo‘lgan gaplar, viloyatlarni bog‘lovchi magistral yo‘llardagi muammolar, shahardagi o‘rtacha tezlik haqida suhbatlashdik hamda poyezd va samolyot chiptalari narxlarini solishtirib ko‘rdik. Shuningdek, video davomida Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi, gazeta va jurnallarning taqdiri, ChatGPTdan foydalanish bo‘yicha layfhak boshqalar haqida bilib olishingi mumkin. Mundarija: 00:00 – Tizer01:38 – Boshladik04:12 – O‘tgan sonni esga olamiz15:03 – Lolazor’dagi Karimov siymosi23:45 – “Jaloliddin Manguberdi” poyezdlari28:28 – Poyezd va samolyot narxlarini solishtirib ko‘ramiz39:26 – Yo‘llar haqida o‘ylar: domkrat ishlatishni bilasizmi?51:22 – Masofalar bir xil, vaqt boshqa56:41 – Shahardagi o‘rtacha tezlik1:00:19 – ChatGPT’dan foydalanish bo‘yicha kichik layfhak1:09:48 – JChdagi guruhimiz haqida1:29:39 – Bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash1:30:55 – Uy va mashinalarning naqd pulsiz oldi-sotdisi qanday ishlaydi?1:35:49 – Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi1:47:33 – Gazetalarning davri o‘tdimi?1:53:10 – Kelajak o‘ylaganimizdan yaqinroq2:01:00 – Tugatamiz, xayr

  6. -2

    #56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast

    Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, ta’qiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. 

  7. -3

    #55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MO GA QO‘SHILISHI – Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining navbatdagi, 55-sonini suratga oldik. ChatGPT mehmonimizga aylangan epizodimizda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlar shahardan tashqariga ko‘chirilishi va ularning binolari sotilishi, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish, Javohir Sindarov va “Neftchi” chempionliklari hamda boshqa qiziqarli mavzulardan suhbatlashdik. Mundarija: 00:00 – Tizer01:40 – Boshladik05:00 – Bugun chatgpt mehmonimiz08:40 – Qobil aka, qayerdasiz?10:12 – Ekologiya: nimalar bo‘lyapti?14:59 – Qo‘mitalar hisobdorligi20:18 – Ingliz huquqi asosidagi hudud nima degani?30:56 – Hokimlar saylovi: o‘ngmi yoki tush?32:14 – Shahardan tashqaridagi kampuslar haqida39:47 – Shahardagi universitetlar binosi qanday sotilishi kerak?42:45 – Aholini ro‘yxatga olish nega kerak?58:58 – Sabab va oqibatlarni tushunish1:04:31 – “Pandemiya darvridagidek rejimga qaytish”1:10:02 – Issiqxonalar: gazdan ko‘mirga, ko‘mirdan gazga1:14:18 – Boshqa hududlarda ham Maxsus komissiya ishlaydimi?1:24:14 – Ukraina bo‘yicha tinchlik sulhi1:24:55 – Ozarbayjonning MOga qo‘shilishi haqida1:29:59 – Persona non grata ro‘yxatini shakllantirish kerak1:37:45 – Viloyatlardagi vokzallar nega bir-biriga o‘xshash1:39:28 – Javohir Sindarov qanday sovrin yutdi: tushuntiramiz1:48:58 – Bu xabar prezidentga qanday yetkazildi?1:51:03 – Prezident suratidagi ishora 1:53:00 – Nega keldingiz O‘zbekistonga?!1:59:10 – Eski aeroportni loukosterlarga berish kerak2:02:20 – “Maosh qulligi”2:11:08 – “Neftchi” – chempion, “Andijon” keyingi yil bo‘ladi2:19:34 – Tugatamiz, xayr

  8. -4

    #54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor

    Biroz tanaffusdan so‘ng yana podkast suratga oldik. Bu safar uch kishi yig‘ilib, ko‘p mavzularni muhokama qildik. Jumladan, o‘lim jazosining ikkinchi tarafi, Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi, ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerakligi, davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirgani, hammani “aka-aka” deyish kerakligi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Mundarija:00:00 – Tizer01:40 – Podkastimiz boshlangan03:04 – Katta va kichkina kanallar06:27 – IIO xodimlari obro‘si haqida16:36 – O‘lim jazosining boshqa tomoni29:33 – Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi43:25 – AQSh bilan qanday kelishuvlar bo‘ldi?50:50 – Saylov haqida film52:55 – Ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerak?1:05:55 – Aholini ro‘yxatga olish qanday bo‘ladi?1:25:06 – “Yangi aeroportni katta bog‘ga aylantirish kerak”1:33:20 – Davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirdi1:36:34 –  Energetika vazirligi ham ogohlantirish berishi kerak1:41:15 – Tashrif ham alifbo islohotiga ishora qilyapti1:45:10 – Ilon Mask sababli choyxona1:50:00 – Metrodagi muammolar1:59:10 – Tugatamiz, xayr2:01:12 – Aytgancha, salom

  9. -5

    #53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast

    Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga aylanganidek, bu safar ham alifboni ham unutmadik. 

  10. -6

    #52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast

    Lolazor podkastining 52-sonini ham mehmon bilan o‘tkazishga qaror qildik. Bu safargi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik. Taymkod:00:00 – Tizer01:41 – Boshladik03:17 – Lolazor bo‘lsa nima-yu, bo‘lmasa nima?08:37 – “Yozuvchi har doim ishlaydi”10:28 – Bugungi zamon haqidagi “To‘rtko‘cha” kitobi14:52 – “Hozir adabiyot, she’riyat davri emas”26:37 – Mustaqillik davridagi adabiyot34:10 – “Buyuk adabiyotni buyuk o‘quvchilar paydo qiladi”38:58 – Adabiyot va mafkura50:55 – Jadidlar. Tuhmat, tushunish va oqlash1:01:38 – O‘zbek tili haqida1:10:50 – Turkiy ismlar 1:15:00 – “Alifboning bittaligi turkiy xalqlarni birlashtiradi”1:30:48 – Davrlar kesimida eng yaxshi o‘zbek yozuvchi va shoirlari1:51:20 – O‘zbek adabiyoti kelajakda qanday bo‘ladi?2:00:53 – Ta’lim tizimi haqida o‘ylar2:06:14 – Jamiyat o‘zligini himoya qila oladimi?2:15:11 – “Shahar ortimdan quvib yetdi”2:19:58 – Global muammolar haqida2:25:02 – Tugatamiz, xayr

  11. -7

    #51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor

    “Lolazor” podkastining navbatdagi sonida O‘zJOKU rektori va Milliy media assotsatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Prezidentning AQShga tashrifi, hozirgi va avvalgi jurnalistika, Press klub, Islom Karimov va uning davridagi faoliyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik. 

  12. -8

    #50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast

    Bu – “Lolazor” podkastining 50-soni. Biz ushbu yubiley songa yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammadni mehmon sifatida taklif etdik. Video davomida birinchi prezident davri, u bilan xotiralar, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrirlidagi qiziq voqealar, adabiyot va yozuvchilar, futbol va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Bu safargi sonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu sonda barcha rezidentlar ishtirok etdi – “to‘y to‘ydek bo‘ldi”.

  13. -9

    #49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast

    Qisqa tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. Bu safar O‘zbekiston yo‘llari, Olmaota va Toshkent infrotuzilmasi, ijtimoiy himoya tizimidagi muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ismli avtoraqamlar va boshqa dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik. Shuningdek, Muhrim A’zamxo‘jayev “gul voqeasi” bo‘yicha rasmiy munosabat berdi. 

  14. -10

    #48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast

    Podkastimizning navbatdagi soni mehmoni – “Finasia Capital” konsalting kompaniyasi rahbari, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov bo‘ldi. Biz mehmon(lar) bilan UZIMEI, bojlar, banklar transformatsiyasi, iqtisodiy o‘zgarishlar, Isakovning Buyuk Britaniyadagi faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdik. 

  15. -11

    #47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast

    Lolazor podkastining navbatdagi soni maxsus mehmoni – Otabek Bakirov. Biz bu safar tarix, raqamlashtirishdagi muammolar, iqtisodiyot raqobatbardoshligi, shaharda tezlik 80 km/sgacha ko'tarilishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik hamda talab va taklif qonuniyatining amaliy misollarda ko'rib chiqdik.

  16. -12

    #46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 46-sonida sizlar yozgan izohlarni ko‘proq o‘qishga harakat qildik, shuningdek, xususiy universitetlar, futbol, sun’iy intellekt, podkastdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va hokazolar haqida suhbatlashdik. Va albatta, “qadrdon” mavzular – yo‘llardagi muammolar va energetika haqida ham unutmadik.

  17. -13

    #45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 45-sonida ko‘plab talab va istaklarga binoan Otabek Bakirov mehmon bo‘ldi. Biz ushbu sonda daraxtlar qadri, qurilish bozoridagi lobbizm va palapartishliklar, tungi iqtisodiyot, AI-80 benzinidan voz kechish, “GPT-qarorlar”, YHXga oid yaxshi/yomon o‘zgarishlar va ko‘plab boshqa mavzularda suhbatlashdik.

  18. -14

    #44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 44-sonida Yangi va eski Toshkent, turli hududlardagi qurilishlar, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat, Klublar o‘rtasidagi JCh, IIB xodimlari imidji, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi va yana ko‘plab boshqa mavzularda suhbat qurdik.

  19. -15

    #43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada

    Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.

  20. -16

    #42 ELITAR KORRUPSIYA KUCHAYDIMI YOKI MAISHIY KORRUPSIYA? — Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 42-soni mehmoni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2010-2017-yillardagi rahbari Bahodir G‘aniyev bo‘ldi. Bahodir aka bilan “Kamolot” davri, deputatlik saylovidagi o‘yinlar, ta’lim tizimi, davlat ishidagi stresslar, elitar va maishiy korrupsiya, to‘ylardagi isrofgarchilik, Lavrovning hurmatsizligi, bolalar tarbiyasidagi og‘riqli muammolar va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.

  21. -17

    #41 ROSSIYA MULOZIMI BIZGA NIMA QILISHNI O‘RGATISHGA HAQQI YO‘Q — Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 41-sonida O‘zbekiston U-17 terma jamoasining chempionligi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi, BAA vizasiz rejimni bekor qilishi mumkinligi, Namanganda radarlar yechilayotgani, jamoatchilik nazoratiga intilishimiz kerakligi, xususiylashtirish to‘g‘risidagi dasturning tasdiqlangani va yana boshqa ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.

  22. -18

    #40 BOJLAR BO‘YICHA YANGI NORMALAR, AVIACHIPTALAR MUAMMOSI, PULLIK PARKOVKALAR — Lolazor podcast

    “Lolazor”ning 40-soni mehmoni iqtisodchi Behzod Hoshimov bo‘ldi. Behzod bilan tovarlarni bojxona to‘lovisiz olib kirish normalari kuchaytirilayotgani, avia soha muammosi, parkovkalar masalasi, Toshkentdagi o‘zgarishlar, viza hamda migratsiya masalalari va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik.

  23. -19

    #39 SHU YANGAMGA SHU POCHCHAM. JARIMALARDAN MAQSAD — FAQAT PUL TUSHIRISHMI? — Lolazor podcast

    Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng “Lolazor”ning 4-mavsumini boshladik. Sizlarni sog‘inib qolgan edik. Bugungi sonda biz Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan munosabatining o‘zgarishi, AQSH prezidenti Markaziy Osiyoning qaysi mamlakatiga tashrif buyurishi mumkinligi, paxta, mashina mavzulari, radarlar, antixitoy isteriyasi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.

  24. -20

    #38 O‘ZGA SAYYORALIKLAR YERGA KELADI. 2024-YIL YAKUNLARI VA 2025 DAN KUTILMALAR — Lolazor podcast

    “Lolazor” podkastining 38-sonida ortda qolayotgan 2024-yilning sarhisobini qildik, yil qaysi sohalar uchun sinovli kelgani haqida suhbatlashdik. Shuningdek, podkast davomida energetikada tarif islohoti, elektromobillarni zaryadlash shoxobchalari, elektroenergiyadagi subsidiyalar, ta’lim tizimi, Dok-1 Maks ishi, 2025-yildan kutilmalar, o'zga sayyoraliklarning Yerga kelishi, Marsga uchish va yana boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

  25. -21

    #37 KANADA MAKTABLARIDA BOLALARGA JINSIY TA’LIM O‘QITILADIMI? — Lolazor podcast

    “Lolazor”ning 37-soni mehmoni Kanadada yashaydigan Farhod Fayzullayev bo‘ldi. Farhod aka bilan Kanadadagi mahalliy saylovlar, ta’lim va tibbiyot tizimi, uy-joy narxlari, soliqlar, u yerdagi o‘zbek diasporasi suhbat qurdik. Shuningdek, podkast davomida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, taksi va yetkazib berish xizmatlari, Yandex bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi. 

  26. -22

    #36 NARKOTIK MODDALARGA RUXSAT BERISH REJADA BORMI? — Lolazor podcast

    “Lolazor”ning bu galgi sonida Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov bilan suhbat qurdik. Podkast davomida giyohvand moddalarning zararlari, narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib kelishi, “yonayotgan” hududlar, anonim davolash xizmati, o‘rindosh terapiyaning samarasizligi, maktablarda bu ofatning zarari yetarlicha targ‘ib qilinishi kerakligi kabi mavzularda gaplashdik. 

  27. -23

    #35 PAXTANI RASVO QILISHDI — Lolazor podkast

    Tanaffusdan so‘ng “Lolazor” yana qaytdi. Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasi pullik bo‘lishi yoki pullik bo‘lmasligi, byudjetni tasdiqlash, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, parkovkalar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik. 

  28. -24

    #34 YASHIRIN IMTIYOZLAR VA YOPIQ QARORLARDAN QACHON QUTULAMIZ — Lolazor podkast

    “Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik. 

  29. -25

    #33 USMON AZIM — ISLOM KARIMOV, ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA SAYLOV HAQIDA — Lolazor podcast

    “Lolazor”ning ushbu sonida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov prezidentlik davri, hukumatdagi yozuvchilar, Abdulla Oripov va o'zbek she'riyati, o'zbek tilining holati, adiblar hayotiga oid xotiralar va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.Bu galgi mehmonimiz – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.

  30. -26

    #32 DJ PILIGRIM — SENZURA, SIYOSAT, "BARSELONA" VA HALOVATNING QAYMOG‘I HAQIDA — Lolazor podcast

    “Lolazor”ning bugungi mehmoni — san’atkor Dj.Piligrim. Ilhom Yo‘lchiyev (Dj.Piligrim) bilan hozirgi kundagi san’at, o‘zi madaniyati vazirligi kerak yoki kerak emasligi, “Ovoz. Bolalar” loyihasidagi vazifalari, futbolga qiziqishi, Rossiyada ham “запрет” bo‘lgani, Toshkent ekologiyasi, mashina haydayotganda yo‘l qoidalariga rioya qilishi va shunga o‘xshash ko‘plab mavzularda suhbat qurdik. 

  31. -27

    #31 ENERGETIKA VAZIRI BILAN: BOYSUN FOJIASI, AES, 200 KILOVATT VA H.K. — Lolazor podcast

    Bugungi sonda biz energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov bilan qish mavsumiga tayyorgarlik, Boysundagi fojia, AES qurilishi masalasi, suyultirilgan gaz nega qimmatlab ketayotgani, 200 kilovatt chegarasi, mahsulot taqsimlash shartnomalari va boshqa turli mavzularda suhbatlashdik. Bu “Lolazor”ning eng qaynoq va bahsli sonlaridan biri bo‘ldi. 

  32. -28

    #30 BOLAGA ENG KO‘P TAZYIQNI AJRASHAYOTGAN OTA-ONALAR KO‘RSATADI — Lolazor podcast

    Bugungi sonda biz Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bolalar ombudsmanining vazifalari, so‘nggi paytlarda bolalar bilan bilan sodir bo‘layotgan ayrim voqealar, bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinishi, ota-onalik huquqidan qanday paytlarda mahrum qilinishi, oilaviy bolalar uylari, vasiylik va homiylik organi, bolalarni ekspluatatsiya qilish va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik. 

  33. -29

    #29 KORRUPSIONER RAHBARLARGA SIYOSIY JAVOBGARLIK BO‘LISHI KERAK — Lolazor podcast

    Ushbu sonda biz korrupsiya mavzusiga chuqurroq nazar soldik. Suhbat davomida davlat amaldorlarining aktivlari, mol-mulklarini deklaratsiyalash bilan bog‘liq qonunchilik hujjati, o‘zi umuman deklaratsiyalashdan maqsad nima ekanligi, korrupsiyada jamoatchilik nazoratini o‘rni, elitar korrupsiya, pora olish va pora berishning bir xil jinoyat ekanligi, yopiq qarorlardagi korrupsiyaviy holatlar va yana ko‘plab mavzular ko‘tarildi. Mehmonimiz — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov.

  34. -30

    #28 TRAMP YOKI HARRIS? 3-MAVSUM BOSHLANMOQDA — Lolazor podcast

    Orada bir oylik tanaffus qilgan “Lolazor” 3-mavsumni boshlab oldi. To‘g‘risi, sizlarni sog‘ingan edik.Ushbu sonda biz Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz, “Qorasuv” va “Uchqo‘rg‘on” posti, Boysundagi vaziyat, inflyatsiya, AES qurish kerak yo kerak emasligi, Amerikadagi saylovlar, sudlar hamda kelayotgan paxta mavsumi kabi mavzularda suhbatlashdik.

  35. -31

    #27 “LOLAZOR” TANAFFUSGA CHIQDI. 2-MAVSUM TUGADI — Lolazor podcast

    Ushbu sonda biz Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari, ayniqsa futbol jamoamiz, o‘rta sinf qatlami, renovatsiya bo‘yicha qonun, qurilishlar, yo‘llardagi halokatlar, raqobat qo‘mitasi, elektromobillarga bojni qayta tiklashni so’rashgani to‘g‘risida suhbatlashdik. Shuningdek, “Lolazor”ning ikkinchi mavsumiga yakun yasadik va tanaffusga chiqishimizni e’lon qildik.

  36. -32

    #26 HOKIMIYAT SHAYTONIY XUSUSIYATGA EGA — Lolazor podcast

    Ushbu sonda biz siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test sinovlari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik. Mehmonimiz — siyosatshunos, “Fikrat” tahlilchisi Hamid Sodiq.

  37. -33

    #25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast

    Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik. Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.

  38. -34

    #24 TA’LIMDAGI KORRUPSIYANI YO‘QOTISH UCHUN HAMMA BIR-BIRINI SOTISHI KERAKMI? — Lolazor podkast

    Ushbu sonda biz qabul haqidagi yangiliklar, kvota kabi muhim yangiliklarning nega kech e’lon qilinishi, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat granti berishning yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi, akademik mobillik, kadrlar muammosi, xususiy universitetlarga litsenziya berilmayotgani va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik.Bu galgi mehmonimiz – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov.

  39. -35

    #23 OBRO‘ UCHUN ILMIY ISH QILISH SHARTMI? — Lolazor podсast

    Ushbu sonda biz mehmonimiz Botir Qobilov bilan uning ilmiy faoliyati, Harvardda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish jarayoni, Texas universitetida professor bo‘lib ish boshlashi, Toshkent qimmat shaharligi, Toshkent urbanizatsiyasidagi o‘zgarishlar, prezident bilan uchrashuvdagi taassurotlari, kriptovalyuta va kapital bozorlari, treyderlikda nimaga e'tibor berish kerakligi, O‘zbekistonning tashqi qarzi, JST’ga a’zo bo‘lish, AES qurilishi kabi mavzularda suhbatlashdik.

  40. -36

    #22 HISORAK VAHIMASI: DAVLATNING FUNKSIYASI QAMASH EMAS, TEZKOR AXBOROT BERISH — Lolazor podcast

    Ushbu sonda biz energetika va gaz bilan bog‘liq muammolar, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolikning foyda-zararlari, migrantlarimiz, rublning kursi bilan bog‘liq noaniqliklar, jarima ballarini belgilash haqidagi qonun, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonun, O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet el fuqarolari 5 yil davomida O‘zbekistonga kiritilmasligi haqidagi loyiha, Gennis rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin bo‘lgan mozaykalarimiz, mirishkor dehqonlarimizning g‘alla hosiliga baraka, “Hisorak” suv omboridagi vaziyat haqida gaplashdik.

  41. -37

    #21 MAYLIMI, O‘ZBEKISTON DEGAN DAVLAT QURSAK? — Lolazor podkast

    Ushbu sonda biz Islom Karimov va uning atrofidagi ishlar, Murod Muhammad Do‘st va Alisher Azizxo‘jayev bilan bog‘liq voqealar, bugungi televideniye ahvoli, seriallar fojiasi, Rauf Parfi va Tog‘ay Murodning unvon olish jarayoni, Qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz, Qodiriyning jasorati, sotqinlikda ayblanadigan G‘ofur G‘ulom, "Paxtakor-79" halokatining sababi va shu kabi boshqa mavzular haqida gaplashdik.Mehmonimiz — adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor.

  42. -38

    #20 SO‘Z ERKINLIGI HOLATI YOMONLASHYAPTIMI? — Lolazor podkast

    Ushbu sonda biz O‘zbekistondagi so‘z erkinligining holati, jurnalistika sohasidagi kadrlar, xalqaro reytingdagi o‘rnimiz pasaygani, qanday islohotlar qilish zarurligi, Senatda qolib ketgan qonun va Konstitutsiyaning buzilishi, O‘zbekistonliklarga viza olishning qiyinligi, daraxt kesgani uchun qamalganlar va bir nechta yaxshi xabarlar haqida gaplashdik.Mehmonimiz — Gazeta.uz nashri jurnalisti Shuhrat Latipov.

  43. -39

    #19 || 9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast

    Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

  44. -40

    #18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast

    Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik.

Type above to search every episode's transcript for a word or phrase. Matches are scoped to this podcast.

Searching…

We're indexing this podcast's transcripts for the first time — this can take a minute or two. We'll show results as soon as they're ready.

No matches for "" in this podcast's transcripts.

Showing of matches

No topics indexed yet for this podcast.

Loading reviews...

ABOUT THIS SHOW

Different views on surrounding realities

HOSTED BY

Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov

URL copied to clipboard!